Real 24 turdan so'ng 60 ochko jamg'arib, rekordga yaqinlashdi

Madridning “Real” jamoasi “Real Sosyed ad” ustidan 4:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi va La Liga turnir jadvalida yana peshqadamlikni qaytarib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Qirollik klubi” joriy chempionatning 24 turidan keyin 60 ochko to'pladi. Bu natija klub tarixidagi uchinchi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. Undan yuqori natija atigi ikki marta qayd etilgan: 2023/24 mavsumida Karlo Anchelotti boshchiligida 61 ochko va 2011/12 mavsumida Joze Mourinyo davrida 64 ochko.
Eslatib o'tamiz, yanvar o'rtalaridan beri madridliklar bosh murabbiyi lavozimini Alvaro Arbeloa egallab turibdi. U ishdan bo'shatilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.
“Real” ertaga “Barselona” “Jirona”ni mag'lub etsa, birinchi o'rinni boy berishi mumkin. Hozir “ko'k-anorranglilar” hisobida 58 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!