date

Arbeloa Realning o'yin uslubi haqida gapirdi

Arbeloa Realning o'yin uslubi haqida gapirdi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z jamoasining maydondagi yondashuvi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni “qaymoqranglilar” o'z uyida “Real Sosyedad”ni 4:1 hisobida mag'lub etdi va hech bo'lmaganda dushanbagacha La Liga turnir jadvalida yana yetakchilikni qo'lga oldi.

Arbeloaning aytishicha, “Real” vaziyatga qarab turlicha o'ynay oladi: jamoa to'p nazoratiga tayanishi ham mumkin, shu bilan birga tarkibdagi juda tezkor futbolchilar hisobiga qarshi hujumlarda ham xavfli ko'rinishda harakat qila oladi.

43 yoshli mutaxassis yanvar oyida Xabi Alonsoning o'rnini egallab, klubdagi bosh murabbiylik lavozimiga kirishgandi.

“Real” navbatdagi uchrashuvini 17-fevral, seshanba kuni safarda “Benfika”ga qarshi Chempionlar ligasi doirasida o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Realning o'yin uslubi haqida gapirdi