Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis «Real» Lissabonda yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishi shartligini ta'kidladi. Arbeloa fikricha, uchrashuv juda qiyin o'tadi va seshanba kuni g'alaba uchun jamoa imkon qadar bor kuchini ishga solishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniy turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi. Ushbu natija portugaliyaliklar klubiga pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishga yordam bergan.
Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichidagi «Benfika» — «Real» o'rtasidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Boshlanishi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!