date

Fransiyada Safonovning PSJdagi kelajagi haqida fikr bildirishdi

Fransiyada Safonovning PSJdagi kelajagi haqida fikr bildirishdi

Fransiyalik jurnalist Dorian Bonzoma PSJ darvozaboni Matvey Safonovning kelgusi istiqbollari borasida o‘z mulohazalarini aytdi. Bu fikrlar parijliklar Liga 1ning 22-turida “Renn”ga 1:3 hisobida kutilmagan tarzda yutqazgan uchrashuvidan keyin yangradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bonzomaning ta’kidlashicha, Safonov uchta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, u darhol asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi ehtimoldan yiroq. Jurnalist “Renn”dan uchralgan mag‘lubiyat PSJ uchun yoqimsiz holat bo‘lganini, biroq bu natija uchun aynan Safonovni ayblash g‘alati ekanini qayd etdi.

Mutaxassis fikricha, Safonov Shevalye bilan raqobatda haqli ravishda ustun kelgan, “Renn”ga qarshi bahsda ham munosib darajani ko‘rsatgan. Bonzoma rossiyalik posbon jamoaning birinchi raqamli darvozaboni bo‘lib qolishiga ishonmoqda.

17 fevral kuni PSJ Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi ilk styk uchrashuvini “Monako”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada Safonovning PSJdagi kelajagi haqida fikr bildirishdi