RB Leyptsig Volfsburgga qarshi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

RB Leyptsig o‘z maydonida Volfsburgga qarshi o‘yinda tashabbusni ko‘proq qo‘lida ushlagan bo‘lsa-da, raqibning darvozaga yo‘llagan ikki aniq zarbasi ikki golga aylanib, mezbonlar hisobni qutqarishga majbur bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida Konrad Xarder xavfli zarba berdi, biroq to‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay Kristian Eriksen uzoq masofadan sinab ko‘rdi — to‘p ustunlar yonidan o‘tdi. Hujumlar almashinuviga boy bo‘lgan daqiqalarda Yan Diomandning zarbasini darvozabon qaytardi, Xarderning yiqilgan holda bergan zarbasiga ham posbon tayyor turdi.
Ikkinchi bo‘limda Diomand yana darvozabon reaksiyasini sinadi. 52-daqiqada Adam Dagim uzatmasidan keyin Moxamed Amura hisobni ochdi — 0:1. 70-daqiqada Brayan Gruda pasini golga aylantirgan Diomand muvozanatni tikladi — 1:1. Biroq ko‘p o‘tmay Mattias Svanberg “bo‘rilar”ni yana oldinga olib chiqdi — 1:2. 88-daqiqada esa Grudaning aniq zarbasi Leyptsigni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi — 2:2.
Qo‘shimcha daqiqalarda Kristof Baumgartner jarima maydonida qulay vaziyatni boy berdi, Romulo Kruz ham o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.
Durangdan keyin RB Leyptsig turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, Volfsburg esa 15-pog‘onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!