Vinisius boshqa klublardagi eng yaqin do'stini aytdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior boshqa jamoalarda to‘p surayotgan futbolchilar orasidagi yaqin do‘stlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi “Real”dan tashqarida do‘stlari ko‘pligini ta’kidladi. Uning aytishicha, u “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslay bilan tez-tez muloqot qiladi — ular yoshligida tanishib qolishgan. Vinisiusning eng yaqin do‘sti esa hozir “Flamengo” safida o‘ynayotgan Paketa ekani qayd etildi. Shuningdek, u “Barselona”dan Rafinya, “Atletiko Mineyro”dan Reynyer, “Manchester Siti”dan Savio hamda “Milan”dan Leau bilan ham do‘st ekanini qo‘shimcha qildi.
Vinisius 2018 yildan beri “qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelmoqda. U Madridga ko‘chib o‘tishidan avval o‘z vatani Braziliyadagi “Flamengo”da tajriba to‘plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!