Napoli MakTominey bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda

“Napoli” rahbariyati jamoaning tayanch yarim himoyachisi Skott MakTominey bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini kun tartibiga chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, neapolliklar shotlandiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub MakTomineyga 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli kelishuv taklif qilish niyatida.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Skott APLga qaytishni istashi, unga Londonning “Arsenal”i hamda “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgani haqida yozilgandi.
29 yoshli yarim himoyachining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha kuchga ega. MakTomineyning transfer bahosi 45 million yevroga teng deb baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing