Marotta Bastonini himoya qildi va OAVni tanqid qildi

Italiyada “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni bilan bogʻliq bahsli epizod keng muhokama qilinmoqda. Futbolchi yiqilishni namoyish qilgani aytilmoqda va shu vaziyatda milanliklar foydasiga juda tortishuvli penalti belgilangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub prezidenti Juzeppe Marotta esa Bastonini himoya qilib chiqdi. Uning fikricha, ayrim jurnalistlar futbolchiga qarshi “mediyaviy kampaniya” boshlab yuborgan. Marotta Bastonining 26 yoshda ekanini, A Seriyada 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazganini va Italiya terma jamoasi futbolchisi ekanini eslatib, “kimdir uning darajasini shubha ostiga qo‘yyaptimi?” deya savol qo‘ydi.
Marottaning ta’kidlashicha, simulyatsiya mavzusi Italiya futbolida doim bo‘lgan, ehtimol bu epizod xato bo‘lgandir. Biroq u o‘tgan mavsum “Inter” hakamlik xatosi sabab chempionlikdan ham ayrilganini ham eslatdi.
Hozirda “Inter” A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!