Arbeloaning Real Madriddagi kelajagi natijalarga bogʻliq bo‘ladi

Yanvar oyida “Real” bosh murabbiylik lavozimini Alvaro Arbeloaga topshirgandi. Klub murabbiy bilan kelishuv muddati haqida rasman ma’lumot bermadi va bu masalada izoh berishdan tiyildi. Shu sabab Arbeloa vaqtinchalik tayinlovmi yoki to‘laqonli bosh murabbiy sifatida ishlayotgani hozircha aniq emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic nashri har dushanba “Real”dagi vaziyat bo‘yicha tahliliy material e’lon qiladi. So‘nggi sonida ta’kidlanishicha, Arbeloaning kelajagi jamoa ko‘rsatadigan natijalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, La Ligadagi chempionlik poygasi va, imkon qadar, titul Arbeloa pozitsiyasini mustahkamlashi mumkin. Biroq “Real”da muvaffaqiyatning eng asosiy mezoni hanuz Chempionlar ligasi bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun bir necha hafta avval Lissabondagi mag‘lubiyat klub uchun ayniqsa og‘riqli qabul qilingani qayd etilgan.
17-fevral, seshanba kuni “Real” Chempionlar ligasi doirasida safarda “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!