date

Antoni Marsyal jarohatidan so'ng shifoxonaga yotqizildi

Antoni Marsyal jarohatidan so'ng shifoxonaga yotqizildi

Sentyabr oyida sobiq «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal Meksikaning «Monterrey» klubi safiga qo'shilgandi. O'tgan dam olish kunlari jamoa «Leon»ga qarshi bahs o'tkazdi va Marsyal birinchi bo'lim oxirlarida jarohat sabab almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lum bo'lishicha, fransuz futbolchi yelkasidan chiqish jarohatini olgan va darhol shifoxonaga olib ketilgan. talkSPORT xabariga ko'ra, agar operatsiya talab etilmasa, Marsyal taxminan 4-6 hafta ichida safga qaytishi mumkin. Agar jarrohlik amaliyoti o'tkazilsa, uning maydonga qaytishi 3-6 oygacha cho'zilishi ehtimoli bor.

Marsyal 30 yoshda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Antoni Marsyal jarohatidan so'ng shifoxonaga yotqizildi