Liverpul Saloh o'rnini to'ldirish uchun asosiy nomzodni belgiladi

Mohamed Saloh yozda «Liverpul»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Mersisayd klubi hujum chizig'i uchun yangi yetakchi topish ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, «Liverpul» bu rol uchun birinchi raqamli maqsad sifatida «Real» vingeri Rodrigo nomzodini ko'rmoqda. Biroq «qizillar»ning qisqa ro'yxati keng: unda «Nyukasl» futbolchisi Entoni Gordon ham bor, shuningdek turli uslubdagi boshqa variantlar ham ko'rib chiqilmoqda.
Transfermarkt Rodrigo qiymatini 60 million yevroga baholagan. 24 yoshli Gordonning ham bozor narxi aynan shuncha ekani qayd etiladi.
Ayni paytda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing