date

Osimhen Juventusga o'tishi mumkinligini aytib berdi

Osimhen Juventusga o'tishi mumkinligini aytib berdi

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen "Napoli" bilan xayrlashib, hozir Turkiya chempionatida "Galatasaroy" safida yorqin o'yin ko'rsatmoqda. Biroq u Italiyada qolib, A Seriyasining boshqa grandi bilan shartnoma imzolashi ham ehtimoldan xoli emas edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Osimhenning so'zlariga ko'ra, "Galatasaroy"ga ketishidan avval Turin "Yuventus"i varianti jiddiy ko'rib chiqilgan va klub tomoni qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, futbolchi "Napoli" prezidenti uni A Seriyasidagi boshqa jamoaga qo'yib yubormasligini yaxshi tushunganini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Osimhen 2020–2024 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgan. Hozir neapolliklar A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Juventusga o'tishi mumkinligini aytib berdi