date

Cherishev Golovinning eng katta kamchiligi nimada dedi

Cherishev Golovinning eng katta kamchiligi nimada dedi

Rossiyalik futbol mutaxassisi Dmitriy Cherishev Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk o‘tish o‘yinida «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning «PSJ»ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Golovin agressivroq o‘ynashni o‘zlashtirgan, biroq qoida buzish chegarasini his qilishni hali to‘liq o‘rganmagan. Cherishev fikricha, ayrim futbolchilar qattiq o‘ynasa ham, toza harakat qiladi, Golovinda esa aynan shu jihat yetishmayapti.

Uchrashuvda Golovin bitta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo 48-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi. Yakunda «Monako» o‘z maydonida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Cherishev Golovinning eng katta kamchiligi nimada dedi