Bulykin Safonov va Haykinning kuchli tomonlarini solishtirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin darvozabonlar Nikita Haykin va Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Har ikki rossiyalik posbon hozirda mos ravishda Norvegiyaning «Bude-Glimt» va fransuzning «PSJ» klublarida to'p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bulykinning ta'kidlashicha, jismoniy ko'rsatkichlar bo'yicha Safonovning ustun tomoni bor. Shu bilan birga, Haykin yuqori darajada o'zini allaqachon isbotlagani, «Bude-Glimt» safida ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoani olib chiqishi va salmoqli natijalarga erishishi mumkinligini ko'rsatgan.
Yevropa Chempionlar ligasi pley-offida «Monako» «PSJ»ga qarshi, «Bude-Glimt» esa Milan «Inter»iga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 17 va 18 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!