date

Bubnov Rossiya va Mali o'yini oldidan fikr bildirdi

Bubnov Rossiya va Mali o'yini oldidan fikr bildirdi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Aleksandr Bubnov Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ekspertning aytishicha, Rossiya terma jamoasining hozirgi imiji va maqomi shundayki, o'yinlarni asosan do'st mamlakatlar bilan siyosiy darajada kelishuv orqali tashkil etishga to'g'ri kelmoqda. Bubnov bu yondashuv barqaror tizim emasligini, ba'zan kelishish mumkin, ba'zan esa yo'q, deya ta'kidladi.

Avvalroq Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi kelasi oy oxirida bo'lib o'tishi xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil fevralidan beri Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFAning qo'shma qarori bilan xalqaro turnirlarda qatnashishdan chetlatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bubnov Rossiya va Mali o'yini oldidan fikr bildirdi