date

Semin Rossiya – Mali o'yinida muhim shartni aytdi

Semin Rossiya – Mali o'yinida muhim shartni aytdi

Mart oyida Rossiya terma jamoasi Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Mazkur ehtimoliy bahs haqida tajribali murabbiy Yuriy Semin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Seminning ta’kidlashicha, bunday o‘yin bo‘yicha kelishuvlarda asosiy masala — raqib terma jamoa eng kuchli tarkibda kelishini kafolatlash. U Mali terma jamoasining yetakchi futbolchilari Yevropa chempionatlarida to‘p surishi va yuqori saviyadagi ijrochilar ekanini eslatdi.

Murabbiy Mali to‘liq tarkibda maydonga tushsa, bu Rossiya terma jamoasining ayni paytdagi holatini real baholash imkonini berishini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, Rossiya futbol ittifoqi yaqin yig‘in uchun raqiblar ro‘yxatini hozircha rasman e’lon qilgani yo‘q.

UEFA va FIFA sanksiyalari sabab Rossiya terma jamoasi hozirda faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semin Rossiya – Mali o'yinida muhim shartni aytdi