Real yarim himoyachisini jarohat sabab yo'qotib qo'yishi mumkin

Madridning «Real» klubi tarkibida jarohat xavoti paydo bo'ldi. El Chiringuito xabariga ko'ra, Aurelien Tchuameni Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi o'yindan so'ng og'riq his qilgan va bahsni noqulay sezgilar bilan yakunlagan. Hozir futbolchi tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Lissabondagi uchrashuvdan keyin aynan Tchuameni o'yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgandi. «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi, yagona gol muallifi Vinisius Junior bo'ldi.
«Real»ning navbatdagi uchrashuvi 21-fevral, shanba kuni safarda «Osasuna»ga qarshi bo'lib o'tadi. Shundan so'ng Alvaro Arbeloa jamoasi Chempionlar ligasida «Benfika»ni o'z maydonida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing