Endrik uchun kurashda Manchester Yunayted oldinga chiqdi

“Real” hujumchisi Endrik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fichajes xabariga ko‘ra, hozirda “Lion”da ijara asosida to‘p surayotgan braziliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada aytilishicha, aynan “qizil iblislar” yosh hujumchini transfer qilish poygasida hozircha yetakchilik qilmoqda va Endrikka muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlashga tayyor.
Endrik 2024 yilda “Palmeyras”dan “Real”ga 47 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u “Lion” safida barcha musobaqalarda 6 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, Endrik yanvar yakunlariga ko‘ra Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!