date

Romano Realning Klopp masalasidagi yondashuvini aytdi

Romano Realning Klopp masalasidagi yondashuvini aytdi

Mashhur insayder Fabritsio Romano "Real"ning Yurgen Kloppni bosh murabbiylikka olib kelishi ehtimoli bo‘yicha klub ichidagi qarashlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Romano YouTube kanalida ta’kidlashicha, germaniyalik mutaxassis hozircha "Red Bull" loyihasidagi ishlariga to‘liq sho‘ng‘igan va diqqatini aynan shu tomonga qaratgan. "Real" masalasiga kelsak, avval Alvaro Arbeloaning ishlari baholanadi: Romano fikricha, u Ispaniya chempionatida yaxshi natijalar ko‘rsatib, Chempionlar Ligasi pley-offining "Benfika"ga qarshi ilk o‘yinida ham jamoani munosib boshqargan.

Shuningdek, "Real" rahbariyatida Kloppni juda yuqori qadrlaydiganlar bor, biroq Romano hozircha u bilan muzokaralar yoki rasmiy taklif bo‘yicha aniq tafsilotlardan xabardor emasligini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Romano Realning Klopp masalasidagi yondashuvini aytdi