Allegri va Fabregas Seriya A o‘yinidan keyin tortishib qoldi

Seriya A doirasida «Milan» va «Komo» 1:1 hisobida durang o‘ynagan uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiylar Massimiliano Allegri va Sesk Fabregas o‘rtasida keskin bahs yuz berdi. O‘yin tugashi bilan jurnalistlar texnik zonada murabbiylarning janjalli munozarasiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TMW xabariga ko‘ra, Allegri ispaniyalik hamkasbiga baland ovozda e’tiroz bildirib, uni tajribasizlikda ayblagan: «Sen hali bolasan! Sen la’nati bolasan, kechagina murabbiy bo‘lgan bolasan!»
Uchrashuvdagi gollarni Nikolас Pas 32-daqiqada va Rafael Leau 64-daqiqada urdi. Natijada «Milan» 54 ochko bilan jadvalda ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan yetti ochko ortda, «Komo» esa 42 ochko bilan oltinchi pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing