Kanchelskis Rossiya va Mali o‘rtasidagi o‘yinni baholadi

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Rossiya va Mali terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, avval Rossiya futboli rahbarlari Janubiy Amerikadagi kuchli terma jamoalar bilan kelishuv bo‘layotganini ta’kidlagan, biroq hozir jamoa Maliga qarshi o‘ynashi ma’lum qilingan. Uning so‘zlarini Metaratings.ru keltiradi.
Avvalroq Rossiya — Mali uchrashuvi 27 mart kuni o‘tkazilishi xabar qilingandi.
2022 yil fevralidan beri Rossiya terma jamoalari va klublari xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Shu sabab Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa hozircha faqat o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing