Eder Militao aprel oyida Real safiga qaytishi kutilmoqda

Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao mushak jarohati sabab hamon jamoa tibbiy bo‘limida davolanmoqda. Braziliyalik futbolchi oxirgi bor dekabr boshida maydonga tushgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri AS manbasiga tayanib xabar berishicha, «Real» Militaoni aprel oyida to‘liq safga qaytadi, deb hisoblamoqda. 28 yoshli himoyachi shu tariqa mavsumning hal qiluvchi qismida jamoaga yordam berishi kerak.
La Ligadagi so‘nggi tur natijalaridan keyin «Real» turnir jadvalida yetakchilikni qo‘lga oldi. Madridliklar ikkinchi o‘rindagi «Barselona»dan ikki ochko oldinda bormoqda.
Hozir «Real» safarda «Osasuna»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin shanba kuni, 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing