date

Yevropa Ligasi bahsida ikki sobiq Siti darvozaboni to'qnashdi

Yevropa Ligasi bahsida ikki sobiq Siti darvozaboni to'qnashdi

UEFA Yevropa Ligasidagi «Fenerbahche» va «Nottingem Forest» o'rtasidagi juftlikning ilk pley-off uchrashuvi kutilmagan darajada qiziqarli detal bilan e'tiborni tortdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Fenerbahche» darvozasini Ederson Moraes qo'riqlamoqda. Mashhur braziliyalik posbon bir necha mavsum «Manchester Siti» safida to'p surib, «shaharliklar» bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Mehmonlar tomonida esa darvozani Shtefan Ortega himoya qilmoqda. Germaniyalik golkiper «Siti»da uzoq vaqt Edersonning asosiy zaxirachisi bo'lib kelgan. Uchrashuv oldidan ikki darvozabon bir-birini iliq kutib oldi.

«Fenerbahche» – «Nottingem Forest» o'yinining matnli translyatsiyasi portalimizda yoritilmoqda. Hozirda birinchi taym davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi bahsida ikki sobiq Siti darvozaboni to'qnashdi