date

Keylor Navas Vinisius mojarosi haqida fikr bildirdi

Keylor Navas Vinisius mojarosi haqida fikr bildirdi

Madridning «Real» jamoasida avval darvozabon bo‘lib to‘p surgan Keylor Navas Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. «Qaymoqranglilar» hujumchisi Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi o‘yinda o‘ziga nisbatan irqchilik mazmunidagi haqoratlar bo‘lganini aytdi va bu holatda raqib qanot futbolchisi Janluka Prestiannini aybladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Navasning ta’kidlashicha, Vinisius bilan bog‘liq voqea juda ranjitadi va bunday holatlar hech kim bilan sodir bo‘lmasligi kerak. U tanish insoning boshidan o‘tsa, og‘riq yanada yaqqol sezilishini aytib, Viniga ham, boshqa hech kimga ham bunday munosabat qaytarilmasligi uchun hamma birgalikda harakat qilishi zarurligini bildirdi.

Shuningdek, Navas Mbappening Prestiannini diskvalifikatsiya qilish haqidagi fikriga to‘xtalib, aniq qanday jazo bo‘lishini bilmasligini, ammo bunday ishlar albatta jazolanishi shartligini urg‘uladi. Uningcha, ataylab haqoratli gaplarga yo‘l qo‘yadiganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi kerak.

Ma’lumot uchun, Vinisius urgan gol «Real»ga pley-offning ilk uchrashuvida «Benfika» ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi. Javob o‘yini 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keylor Navas Vinisius mojarosi haqida fikr bildirdi