date

Yangi shartnoma imzolagan Saka Arsenaldagi maqsadini aytdi

Yangi shartnoma imzolagan Saka Arsenaldagi maqsadini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi qanot hujumchisi Bukayo Saka jamoa bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganidan so‘ng, klubdagi asosiy maqsadlari haqida fikr bildirdi. «To‘pchilar» payshanba kuni 24 yoshli futbolchi bilan kelishuv uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Men bu yerda hammasini yutishni xohlayman. Ishonamanki, oldindagi yillar «Arsenal» uchun zafarli bo‘ladi», — deb Sakaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda Saka Mikel Arteta jamoasida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. U klubning asosiy jamoasida 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda: shu vaqt ichida barcha musobaqalarda 297 ta o‘yinda qatnashib, 78 tadan gol urdi va shuncha marta jamoadoshlariga assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yangi shartnoma imzolagan Saka Arsenaldagi maqsadini aytdi