Erik Garsiya hakamlar Barselona golini bekor qilishi mumkin dedi

“Barselona” himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya futbolidagi hakamlik masalalari haqida keskin fikr bildirdi. Kataloniyaliklar so‘nggi ikki o‘yinda Madridning “Atletiko”siga 0:4, “Jirona”ga esa 1:2 hisobida yutqazdi va har ikki uchrashuvda ham hakamlar qarorlaridan norozi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Garsiya jamoada hozir “har qanday golimiz hisobga olinmay qolishi mumkin” degan hissiyot kuchayganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar hakamlar golni bekor qilishni istasa, baribir shunday qarorga keladi.
Futbolchi “Atletiko”ga qarshi o‘yinda Kubarsining goli bo‘yicha qaror chiqarish qariyb yetti daqiqa cho‘zilganini eslatib, buni aqlga sig‘maydigan holat deb atadi. Garsiyaning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
“Barselona”ning navbatdagi uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa “Levante”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!