Egor Sorokin Torino bilan kelishuvga juda yaqin bo'lgan

Avval “Krasnodar” safida o‘ynagan, yaqinda esa Xitoyning “Chendu Juncheng” klubiga o‘tgan himoyachi Egor Sorokin “Torino”ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
30 yoshli futbolchining aytishicha, u italiyaliklar bilan uzoq vaqt muzokara olib borgan va bitim deyarli yakuniga yetib kelgan.
“Torino”da Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi futbolchi uchun bitta bo‘sh o‘rin bor edi. Men darhol Londondan Italiyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uchishga ham tayyor edim. Ammo ish bunga yetmadi: so‘nggi pallada “Torino” A Seriyadan futbolchini oldi”, — deya Sorokinning so‘zlarini Sport24 keltiradi.
Sorokin 2024–2026 yillarda Qozog‘istonning “Qayrat” klubida to‘p surdi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 54 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!