Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya 16 yoshli futbolchisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolidan qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» jamoasida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib, ma’lum qildi. «Al-Qadisiya» hozir Saudiya futbolining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Qadisiya» tarkibida italiyalik Mateo Retegi ham o‘ynaydi — u avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan. Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi, biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar