FIFA rasmiy saytida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan jahon chempionati haqida suhbat chop etildi. Biz o‘zimiz uchun qiziq jihatlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
— Biz Rossiyada o‘tadigan JChga bora olamiz, — deydi "Shanxay" SIPJ yarim himoyachisi. — JChga borish orzumizni amalga oshirish uchun borimizni berib harakat qilamiz. Birinchi davrada yaxshi o‘ynadik, lekin endi yana qaytadan kurashni boshlash kerak.
O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Malayziyada Suriyaga qarshi maydonga tushadi. Yana besh kundan keyin esa Qatarga qarshi o‘ynaydi. Odil Ahmedov raqiblar haqida ham gapirib o‘tdi.
— Eron va Janubiy Koreya Osiyoda eng kuchli termalar, — deydi Ahmedov. — Birinchi davrada ularni yutishimiz ham mumkin edi, ammo omadimiz kelmadi. Ushbu mag‘lubiyatlardan saboq chiqardik va ularni engishga tayyormiz.
Odil Ahmedov o‘z faoliyati haqida ham gapirdi. "Paxtakor", "Anji" va "Krasnodar" haqida iliq fikrlar bildirdi. Mashhur futbolchilardan ko‘p narsa o‘rganganini ta’kidladi.
— O‘sha paytlarda Eto‘O va Karlos bilan o‘ynadim, mashg‘ulot o‘tkazdim. Ikkisi ham ajoyib futbolchidir. Ulardan ilhomlangan holda professonallikka erishdim va maydonda hamda maydon tashqarisidagi bilimlarimni oshirdim. Rossiya chempionati orqali ko‘p narsa o‘rgandim.
O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyaga borishi haqida shunday deb, intervyuni yakunladi:
— Jahon chempionatiga borishni juda istayman va buning uchun yana Rossiyaga qaytishga tayyorman. Lekin bu safar Vatanim terma jamoasi — O‘zbekiston sharafini himoya qilaman. Bu juda zo‘r bo‘ladi!
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi