date

Benfika futbolchisi Prestiannining Realga qarshi libosi auksionga qo'yildi

Benfika futbolchisi Prestiannining Realga qarshi libosi auksionga qo'yildi

Portugaliyaning «Benfika» klubi vingeri Djanluka Prestiannining Madridning «Real»iga qarshi o'yinda kiygan futbolkasi auksionga chiqarildi. 17 fevral kuni bo'lib o'tgan YeOFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda «Real» 1:0 hisobida g'alaba qozongan, bahs esa Prestiannining irqchilik bo'yicha e'tirozlari bilan ham yodda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolka «Benfika»ning rasmiy hamkori bo'lgan Match Worn Shirt platformasi orqali sotuvga qo'yildi. Hozircha lot bo'yicha 46 ta taklif kelib tushgan, eng yuqori narx 1 ming yevroni tashkil etmoqda.

Argentinaning «Veles Sarsfild» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Prestianni 2024 yildan buyon «Benfika» safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benfika futbolchisi Prestiannining Realga qarshi libosi auksionga qo'yildi