Sassuolo Veronani yirik hisobda mag'lub etdi

Italiya A Seriyasining 26-turida “Sassuolo” o'z maydonida turnir jadvalining quyi pog'onalarida qolib ketgan “Verona”ni qabul qildi va uch ochkoni ishonchli tarzda qo'lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi ilk jiddiy vaziyatlar birinchi bo'lim oxirlarida yuzaga keldi. Luka Lipani uzoq masofadan zarba yo'llab, to'pni darvoza to'siniga yaqin o'tkazib yubordi. 40-daqiqada esa Arman Loriente uzatmasidan keyin Andrea Pinamonti hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay, Domeniko Berardiga nisbatan qoida buzildi va hakam penalti belgiladi. Berardi 11 metrlik zarbani darvozabon qaytarganiga qaramay, qaytgan to'pni yakunlab, farqni ikkitaga oshirdi — 2:0.
Tanaffusdan keyin ham mezbonlar ustunlikni qo'ldan bermadi. Ulisses Garsiya xavfli uzatma amalga oshirdi, Kristian Torstvedtning boshi bilan yo'llagan zarbasi esa darvoza ustuniga yaqin o'tib ketdi. 62-daqiqada “Sassuolo” qarshi hujumni a'lo darajada yakunladi: Loriente yana assist muallifi bo'ldi, Berardi esa o'z dublini rasmiylashtirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi — 3:0.
O'yin so'ngida kurash keskinlashdi: Aliu Faderening jarohatlanishi bilan yakunlangan epizoddan keyin Ali al-Musratiga qizil kartochka ko'rsatildi. Natijada “Sassuolo” “Verona”ni 3:0 hisobida tor-mor etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!