date

Verder Shimoliy Amerika turnesidan butunlay voz kechdi

Verder Shimoliy Amerika turnesidan butunlay voz kechdi

Germaniyaning «Verder» klubi yozgi Shimoliy Amerika turnesini bekor qilishga qaror qilib, ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Qaror mavsumoldi rejalari bosqichidaoq e’lon qilindi va nega shoshilganlari aniq izohlanmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu qadam, avvalo, moliyaviy tomondan klubning o‘zi uchun sezilarli yo‘qotish bo‘lishi kutilmoqda. Shunga qaramay, rahbariyat qarorni prinsipial pozitsiya sifatida ko‘rsatmoqda.

Klub bosh direktori Klaus Filbri «DeichStube»ga bergan izohida, AQShning Minnesota shtatida ikki kishi halok bo‘lgani haqidagi xabarlarga ishora qildi: «Bizning prinsiplarimiz bor — odamlar ko‘chada bo‘lgani uchungina xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan joyda o‘ynamaymiz», — dedi u.

Avvalroq Germaniyada AQShda o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilish g‘oyasi ham muhokama qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Verder Shimoliy Amerika turnesidan butunlay voz kechdi