Robbi Kin Kristal Pelas bosh murabbiyligiga da'vogar bo'ldi

Vengriyaning «Ferensvarosh» klubini boshqarayotgan Robbi Kin yaqin orada Angliya Premyer-ligasidagi «Kristal Pelas»ni qabul qilib olishi mumkin. talkSPORT xabariga ko'ra, mutaxassis londonliklar uchun ko'rib chiqilayotgan asosiy nomzodlardan biri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, «burgutlar» mavsum yakunini kutmasdan turib Oliver Glasner bilan hamkorlikni to'xtatishi ehtimoli bor. Shunday bo'lsa, Kin klub rahbariyati e'tiboridagi variantlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Glasner «Kristal Pelas»da 2024 yil fevralidan beri ishlamoqda. Kutilishicha, uning shartnomasi muddati tugashi sababli murabbiy yozda jamoani tark etadi.
APLning 26-turidan so'ng poytaxt klubi turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda va 32 ochko jamg'argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!