Arbeloa Mbappening tizzasidagi holat yuzasidan gapirdi

Arbeloa Mbappening tizzasidagi holat yuzasidan gapirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening jismoniy holati haqida fikr bildirdi. O'tgan hafta fransuz futbolchisi La Ligada «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi, biroq keyinroq «Benfika»ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq OAV Mbappe bir necha oydan beri noqulaylik sezayotgani haqida yozgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Mbappening tizzasi ancha yaxshilandi, garchi muammo hali to'liq yo'qolmagan bo'lsa ham. Lekin u o'zini oldingidan yaxshi his qilyapti», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

Shanba kuni «Real» Ispaniya chempionatida safarda «Osasuna»ga qarshi bahs olib boradi. O'tgan tur yakunlariga ko'ra, Arbeloa shogirdlari turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi, «Barselona» esa ikki ochko ortda qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar