Arbeloa Osasunaga qarshi safar oson bo‘lmasligini tan oldi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing navbatdagi turi doirasida safarda “Osasuna”ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi. Mutaxassis Pamplonadagi bahs juda og‘ir kechishini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloa “Osasuna” uyida ikki oydan beri mag‘lub bo‘lmay kelayotganini va jamoa ayni paytda yaxshi sport formasida ekanini eslatdi. “Bu stadionda ‘Real’ uchun o‘ynash qanchalik qiyinligini bilamiz. Men u yerda faqat bir marta g‘alaba qozonganman. Oldinda jiddiy jang turibdi, uch ochko olish uchun eng yaxshi tarzda tayyorlanishimiz kerak”, — deya Arbeloaning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
Hozirda “Real” La Ligada peshqadam, ikkinchi o‘rindagi “Barselona” esa madridliklardan ikki ochko ortda bormoqda.
“Osasuna” — “Real” uchrashuvini matnli translyatsiya orqali kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!