date

Inter Mayami Kazemiroga qiziqmoqda, u esa Portuni tanlamoqchi

Inter Mayami Kazemiroga qiziqmoqda, u esa Portuni tanlamoqchi

O‘tgan oy xabar qilingandi: Kazemiro 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etadi va shartnomasi tugagani sabab erkin agentga aylanadi. The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik yarim himoyachiga Lionel Messi to‘p surayotgan «Inter Mayami» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, manbada qayd etilishicha, Kazemironing o‘zi uchun ustuvor variant — «Portu»ga qaytish. Braziliyalik futbolchi avvalroq 2014/2015 yilgi mavsumda ushbu jamoada ijara asosida o‘ynagan.

Transfermarkt portali Kazemironing transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mayami Kazemiroga qiziqmoqda, u esa Portuni tanlamoqchi