Real afsonasi Salgado o'g'li BAA terma jamoasini tanladi

Madridning «Real» klubi afsonasi Michel Salgadoning o'g'li Alan Salgado xalqaro maydonda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi. Yosh futbolchi allaqachon BAAning yoshlar jamoasi safida ilk o'yinini o'tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alan U19 (17 yoshgacha) tarkibida debyut qilganidan so'ng, otasi ijtimoiy tarmoqlar orqali uni samimiy tabrikladi. Michel Salgado o'g'liga bu darajaga chiqish qiyinligini, undan ham murakkabi shu saviyada uzoq qolish ekanini eslatib, kurashish bilan birga kamtar bo'lishni maslahat berdi.
Eslatib o'tamiz, Salgado-katta 1999–2009 yillarda «Real»da to'p surgan va klubning «Galaktikos» davrida ham asosiy futbolchilardan biri bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing