date

Gexi Xoland himoyada meni siqib chiqarmasin dedi

Gexi Xoland himoyada meni siqib chiqarmasin dedi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Mark Gexi jamoadoshi Erling Xoland haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik hujumchi shanba kungi "Nyukasl"ga qarshi bahsda (2:1) gol ura olmadi, biroq golli uzatma bilan ajralib turdi. Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola Xolandning o'yinini alohida maqtab o'tdi.

"Murabbiy bugun Erling qanchalik zo'r o'ynaganini alohida ta'kidladi. Uning mehnatsevarligi hayratlanarli. U Den Bern bilan har bir to'p uchun kurashdi, bu esa juda qiyin. Den juda baquvvat, havodagi to'plarda ham kuchli. Xoland hujumdagi haqiqiy tayanch. Men uning nomidan xursandman.

Undan yaxshi markaziy himoyachi chiqarmidi? O'ylaymanki, u albatta hujumda qolishi kerak — himoyada mening o'rnimni egallab qo'yishini istamayman. Lekin u rostdan ham ajoyib", — deya Gexining so'zlarini City Report keltirdi.

O'yinda "shaharliklar"ga g'alabani Niko O'Raylining dubl gollari taqdim etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gexi Xoland himoyada meni siqib chiqarmasin dedi