date

Federiko Dimarko A Seriyada himoyachilar orasida rekord o‘rnatdi

Federiko Dimarko A Seriyada himoyachilar orasida rekord o‘rnatdi

Milanning “Inter” klubida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko A Seriya tarixiga kirdi. 28 yoshli futbolchi Italiya chempionatining ketma-ket besh o‘yinida golli pas uzatib, bu borada himoya chizig‘i vakillari ichida avval hech kim uddalay olmagan natijani qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni Dimarko “neradzurrilar”ning “Lechche” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasida ham assist muallifi bo‘ldi. U bundan avval “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda, “Sassuolo” bilan o‘yinda uch bor, shuningdek “Kremoneze” hamda “Piza”ga qarshi bahslarda (ikkinchisida ikki marta) jamoadoshlariga gol urishda yordam bergandi.

Joriy mavsum A Seriyada Dimarkoning hisobida 24 uchrashuvda 5 ta gol va 14 ta golli uzatma bor. “Inter” laterali assistlar reytingida ishonchli yetakchilik qilmoqda: u eng yaqin ta’qibchi — “Komo” futbolchisi Nikolas Pasni — 5 ta golli pas farqi bilan ortda qoldirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Federiko Dimarko A Seriyada himoyachilar orasida rekord o‘rnatdi