date

Mak Allister Ispaniya va Fransiyani Argentinadan kuchli dedi

Mak Allister Ispaniya va Fransiyani Argentinadan kuchli dedi

“Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister hozirgi paytda qaysi terma jamoalarni dunyodagi eng kuchlilari deb bilishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

2022 yilgi jahon chempionatida Argentina safida oltin medalni qo‘lga kiritgan futbolchi fikricha, amaldagi chempionlar navbatdagi mundial oldidan bosh favorit maqomida emas.

“Bugun Ispaniya bizdan ustun deb o‘ylayman. Menimcha, Ispaniya va Fransiya — hozirgi ikki eng kuchli terma jamoa. Lekin biz ham yetakchilar qatoridamiz”, — deya Mak Allisterning so‘zlarini AlbicelesteTalk keltirdi.

27 mart kuni argentinaliklar Finalissima doirasida ispanlarga qarshi maydonga tushadi. 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida esa Lionel Skaloni jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan to‘qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mak Allister Ispaniya va Fransiyani Argentinadan kuchli dedi