date

Arbeloa Real futbolchilariga ishonchini saqlab qolmoqda

Arbeloa Real futbolchilariga ishonchini saqlab qolmoqda

Shanba kuni Madridning «Real» jamoasi La Ligada kutilmaganda «Osasuna»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qaymoqranglilar» safidagi yagona golni 73-daqiqada Vinisius Junior urdi. Mezbonlar esa g‘alaba to‘pini 90-daqiqada kiritib, uch ochkoni ilib ketdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Alvaro Arbeloa jamoasiga ishonishini ta’kidladi: «Men futbolchilarimga ishonaman. Oldinda uzoq masofa bor, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishning imkoni yo‘q. Hozir vahimaga tushib, natijaga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadigan payt emas».

«Real» turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va «Barselona»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq kataloniyaliklar yakshanba kuni o‘z maydonida «Levante»ni yutsa, yana birinchi o‘ringa qaytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Real futbolchilariga ishonchini saqlab qolmoqda