Dimarko Mxitaryan uchrashuvning eng yaxshisi bo‘lishi kerak edi

Dimarko Mxitaryan uchrashuvning eng yaxshisi bo‘lishi kerak edi

Inter”ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko “Lechche” ustidan A Seriyada 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Neradzurrilar” hisobni faqat 75-daqiqada Genrix Mxitaryan urgan gol evaziga ochdi. 82-daqiqada esa Dimarko uzatmasidan keyin Manuel Akandji darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy natijani belgiladi. Shunga qaramay, o‘yin yakunida eng yaxshi futbolchi sovrini aynan Dimarkoga berildi.

“Menimcha, mukofot Mxitaryanga berilishi kerak edi — u juda yaxshi o‘ynadi. Sovrinni farzandlarimga beraman: ular bunday sovrinlar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi va men uchun asrab qo‘yishadi. Jamoaviy g‘alaba har doim individual mukofotdan ustun”, — dedi Dimarko DAZN’ga.

“Mxitaryanning goli biz uchun katta yengillik bo‘ldi. Oson bo‘lmasligini bilardik, chunki “Lechche” juda yaxshi tashkil etilgan jamoa”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bu g‘alabadan so‘ng “Inter” ikkinchi o‘rindagi “Milan”dan 10 ochkoga uzoqlashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar