date

Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi

Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A Seriyasida chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisga ko‘ra, “Inter” hozircha eng asosiy da’vogar. “Ular aniq favorit. 64 ochkoga ega va 90 ochkoga yetib borishadi. Maqsadga erishishimiz uchun qolgan 13 o‘yinda 12 g‘alaba olishimiz, faqat bir marta yutqazishimiz mumkin. Bu — matematika. Agar ular qoqilsa-yu, biz imkoniyatdan foydalana olmasak, ayb o‘zimizda bo‘ladi”, — dedi Allegri.

26-turdan keyin “Inter” turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi “Milan”dan farq 10 ochkoni tashkil etadi, biroq Allegri jamoasi bir o‘yin kam o‘tkazgan.

22 fevral kuni “Milan” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qiladi. Uchrashuv 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegri A Seriyada chempionlik poygasining favoritini aytdi