date

Yuventus yozda Kalyari darvozabonini ham ko'zdan kechirmoqda

Yuventus yozda Kalyari darvozabonini ham ko'zdan kechirmoqda

Turinning «Yuventus» klubi yozgi transferlar oynasida darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Ekrem Konurning xabariga ko'ra, turinliklarning asosiy nomzodi sifatida «Atalanta» posboni Marko Karnesekki ko'rilmoqda. Shu bilan birga, klubning qisqa ro'yxatidan «Kalyari» darvozaboni Elia Kaprile ham joy olgan. Kaprileni «Inter» ham o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Elia Kaprile 2025 yilda «Napoli»dan «Kalyari»ga 8 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol o'tkazib yubordi va 6 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus yozda Kalyari darvozabonini ham ko'zdan kechirmoqda