date

Real Dani Sebalyosni yetti haftaga yoqotdi

Real Dani Sebalyosni yetti haftaga yoqotdi

Madridning “Real” jamoasi tarkibida navbatdagi yoqotish qayd etildi. Yarim himoyachi Dani Sebalyos kamalasimon mushagidan jarohat olib, klub lазарetiga joylashtirildi. “Qaymoqranglilar” 29 yoshli futbolchining tashxisini ma’lum qildi, biroq odatdagidek tiklanish muddati bo‘yicha aniq sana keltirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

COPE nashri xabariga ko‘ra, Sebalyosning maydonga qaytishi uchun taxminan yetti hafta kerak bo‘ladi. Prognozlar tasdiqlansa, u faqat aprel o‘rtalarida safga qaytadi.

“Real” navbatdagi uchrashuvini chorshanba, 25 fevral kuni Chempionlar ligasida o‘z maydonida “Benfika”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Hozirda “Real” La Ligada peshqadam, ammo “Barselona” “Levante”ni mag‘lub etsa, bir necha soat ichida turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilib ketishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Dani Sebalyosni yetti haftaga yoqotdi