date

Jenoa Torino ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

Jenoa Torino ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

Italiya A Seriyasining 26-turida yakshanba kungi o'yinlar dasturi Jenoa va Torino uchrashuvi bilan boshlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-daqiqada Kaleb Ekuban darvozaga aniq zarba yo'lladi, darvozabon qaytargan to'pni esa Bruk Norton-Kaffi yakunlab, hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirlarida Jenoa yana bir bor bosimni kuchaytirdi: Tommazo Baldanzining urinishidan keyin qaytgan vaziyatni Ekuban oxirigacha o'ynab, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Torino futbolchisi Emirhan Ilxan Lorenzo Kolomboga qo'pol harakati uchun qizil kartochka oldi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida Torino himoyasida Markus Pedersen xatoga yo'l qo'ydi va bundan foydalanib qolgan Junior Messyas uchinchi golni urib, Jenoaning yirik hisobdagi g'alabasini rasmiylashtirdi — 3:0.

Natijadan so'ng jamoalar turnir jadvalida 14-o'rinni bo'lishib turibdi, tushib ketish zonasidan farq olti ochkoni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jenoa Torino ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi