Atalanta Napoli ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Italiya A Seriyasining kun markaziy uchrashuvida «Atalanta» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi va o‘yin taqdirini ikkinchi bo‘limda o‘zgartirib, muhim uch ochkoni ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hisob 18-daqiqada ochildi: Migel Gutyerres jarima zarbasidan jarima maydoni markaziga uzatma berdi, Sem Byokema esa to‘siqsiz bosh bilan to‘pni to‘rga yo‘lladi — 0:1. «Atalanta» tezda javob qaytarishga urinib ko‘rdi: Alisson Santos bir vaziyatda darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib gol urdi, biroq aniq ofsayd sababli gol bekor qilindi. Kamaldin Sulemana va keyinroq yana bir necha hujumlarda bergamoliklar xavfli zarbalar berdi, ammo «Napoli» darvozaboni jamoasini qutqarib qoldi.
Ikkinchi taymda «Atalanta» bosimni kuchaytirdi va 61-daqiqada muvozanatni tikladi: Nikola Zalyevski burchakdan to‘p oshirdi, Mario Pashalich bosh bilan aniq yo‘llab, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Yakuniy so‘z esa 81-daqiqada aytildi — Lorenso Bernaskoni chap qanotdan uzatma berdi, Lazar Samardjich havodagi kurashda ustun kelib, bosh bilan to‘pni o‘ng ustun yonidan darvozaga joyladi — 2:1.
Shu g‘alabadan so‘ng «Atalanta» turnir jadvalida «Komo» bilan birga 6-o‘rinni bo‘lishib turibdi, «Napoli» esa 3-pog‘onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!