Barselona yangi hujumchi masalasida muammoni deyarli yopdi

"Barselona" hujumchisi Hamza Abdelkarim yaqin kunlarda maydonga tushish huquqini qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar 18 yoshli futbolchini fevral boshida safiga qo‘shib olgandi, biroq misrlik o‘yinchining ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish jarayonida muammolar yuzaga kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ashraf ben Ayad xabariga ko‘ra, masala endi deyarli hal bo‘lgan va istiqbolli forvard tez orada "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashi mumkin bo‘ladi.
"Barselona" Abdelkarimni Qohiraning "Al-Ahli" klubidan mavsum oxirigacha ijaraga olgan, shartnomada keyinchalik sotib olish bandi ham bor. Taxminlarga ko‘ra, joriy mavsumda yangi futbolchi asosan tajriba to‘plash uchun klubning zaxira jamoasi tarkibida, Ispaniyaning kuchi bo‘yicha to‘rtinchi ligasida maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!