"UzReport TV" EChL hamda Yevropa Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi


Yevrokuboklarning ushbu mavsumi futbol muxlislariga ko‘plab unutilmas onlarni taqdim qilyapti.
G‘oliblik uchun kurashayotganlar orasida dunyoning eng kuchli jamoalari bilan birgalikda, avval favorit hisoblanmagan klublar ham bor.
Ularning o‘zaro o‘yinlari esa hech kimni befarq qoldirmayapti. Chempionlar ligasining yakuniga yetgan 1/8 final bahslarida urilgan jami 62 ta gol musobaqa tarixidagi ushbu bosqichning rekord natijasini keltirib chiqardi.
17 mart kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimlari o‘tkaziladi. Ushbu voqeani futbol muxlislari UZREPORT TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finaliga quyidagi jamoalar yo‘l olishdi:
“Atletiko”, "Bavariya”, "Barselona”, "Borussiya”, «Monako», "Real”, “Lester”, “Yuventus”.
Yevropa Ligasi 1/4 finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadigan jamoalar nomi esa bugun tunda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan keyin ma’lum bo‘ladi.
Yevropa Chempionlar ligasi qur’a marosimi soat 16:00 da, Yevropa ligasiniki esa soat 17:00da boshlanadi.
Ushbu translyatsiyalar vaqtini inobatga olgan holda, avval 16:00 da namoyish etilishi rejalashtirilgan Yevropa ligasidan o‘rin olgan “Roma” – “Lion” uchrashuvi ertaga soat 14:00 da efirga uzatiladigan bo‘ldi.
Manba: www.uzreport.uz































Izohlar 0
…