date

Tudor Arsenalni hozircha dunyodagi eng kuchli jamoa deb atadi

Tudor Arsenalni hozircha dunyodagi eng kuchli jamoa deb atadi

«Tottenhem» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Igor Tudor «Arsenal»ning o'yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni London derbisida «shporlar» o'z maydonida «kanonirlar»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida mezbonlar ketma-ket uchta javobsiz gol o'tkazib yubordi.

«Ehtimol, hozirgi paytda “Arsenal” dunyodagi eng yaxshi jamoa», — dedi Tudor matbuot anjumanida. Uning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Tudor joriy oyda «Tottenhem»ni boshqarishni qabul qilib oldi va iste'foga chiqarilgan Tomas Frank o'rnini egalladi. 27 turdan so'ng jamoa 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. «Arsenal» esa 61 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tudor Arsenalni hozircha dunyodagi eng kuchli jamoa deb atadi